Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Mikrokreditdan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi

30.05.2017

Markaziy bank yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokreditlar ajratish to‘g‘risidagi tartibni ishlab chiqdi.

“Tijorat banklari tomonidan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da belgilanishicha, mikrokreditdan foydalanmoqchi bo‘lganlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab olti oy mobaynida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘lovlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik, pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va qaytarish shartlari asosida eng kam ish haqining 100 barobarigacha miqdorda beriladi.

Mikrokreditlar qarz oluvchiga Vazirlar Mahkamasining 2011 yil yanvardagi “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan faoliyat turlariga (savdo va umumiy ovqatlanish sohalaridan tashqari) bir yillik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga ajratiladi. Foiz stavkasi esa Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmaydi. Agar mikrokredit Imtiyozli kreditlash jamg‘armasi hisobidan ajratilgan bo‘lsa, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Eslatish o‘rinliki, foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning stavkasiga qarab o‘zgarishi mumkin. Bordiyu Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi oshirilsa, foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Imtiyozli davr holda berilgan mikrokredit bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davrda faqat foizlar hisoblanadi va to‘lanadi.

Qarz oluvchilar kredit uchun buyurtmani elektron shaklda berishlari mumkin.

Kredit ta’minoti sifatida mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati, uchinchi shaxs kafilligi, qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi kabi turlardan biri taqdim etiladi. Qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 20 barobarigacha miqdorda ajratilgan mikrokredit hisobiga olingan tovarlar ham kredit uchun ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin.

Shuningdek, eng kam ish haqining 60 baravarigacha miqdorda bo‘lgan mikrokreditlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bergan kafilligi kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi.

Mikrokreditga buyurtmalar bank tomonidan uch ish kunida ko‘rib chiqiladi. Mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.

Banklar mikrokreditlardan foydalanish muddati davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimi ishtirokida mikrokreditdan samarali va maqsadli foydalanilayotgani aniqlash uchun joyiga chiqib monitoring o‘tkazib boradi va tegishli dalolatnoma tuzib boradi.

Mikrokreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda, tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning boshqa maqsadda ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olishi mumkin.

Manba:www.cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

Orphus tizimi