Mikroqarz shartlari

23.05.2018

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan mikroqarz oluvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i va farzandlari) hamda boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi(lar) bo‘lib qatnashishi mumkin.

Mikroqarz 2018 yil 1 iyundan boshlab 12 oy muddatga, 1 oylik imtiyozli davr bilan keyingi 11 oyda teng taqsimlangan holda qaytarish va oylik 3 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratiladi.

Ajratilgan mikroqarz muddatidan ilgari qaytarilganda, undan haqiqatda foydalanilgan kun uchun foizlar to‘lanadi.

Qarz oluvchi mikroqarz olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza (mikroqarz buyurtmasi);

qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi(lar) to‘lovchi pasporti;

qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi(lar)ning ohirgi 12 oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;

qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi(lar)ning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib borilgan ajratmalarini tasdiqlovchi Xalq banki ma’lumotnomasi.

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi(lar)ning yillik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlarining (soliq to‘lovlari va ajratmalar ushlangandan so‘ng qolgan) o‘rtacha oylik miqdorining 60 foizi – qarz oluvchining to‘lov jadvali bo‘yicha eng ko‘p to‘lanadigan bir oylik asosiy qarz va foiz to‘lovlari yig‘indisidan kam bo‘lmasligi lozim.

Qarz oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 3 (uch) bank ish kuni.

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi(lar)ning nomida kredit(mikroqarz, overdraft) mavjud bo‘lib, ular bo‘yicha oylik to‘lov daromadining 60 foizidan ortig‘ini tashkil qilgan taqdirda mikroqarz ajratilmaydi.  

Mikroqarz miqdorini hisoblashda mavjud kredit(mikroqarz, overdraft) bo‘yicha oylik to‘lov chegirib tashlanadi.

Mikroqarz olishingiz mumkin bo‘lgan miqdorni aniqlashingiz uchun MIKROQARZ KALKULYATORIdan foydalaning!

 

 

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi