JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarz — agar ongli ravishda foydalanilsa, bu foydali moliyaviy vosita. Uning yordamida muhim narsalar va xizmatlarni xarid qilish hamda maqsadlarga tezroq erishish mumkin. Ammo ba’zida u, aksincha, moliyaviy axvolni yanada qiyinlashtiradi. Octobank qachon mikroqarz olish joizligi va qachon undan voz kechish maqbulligini ko’rib chiqadi.

Qachon mikroqarz olish to’g’ri qaror?

1. Kerakli narsaga mablag’ yetmay qolganda

Gap muhim xaridlar haqida ketyapti: ipoteka, ta’mirlash ishlari, davolanish, ish quroli. Masalan, muzlatkich buzilib qoldi, albatta usiz ish bitmaydi, yangisiga pul jamg‘arish esa hozircha imkonsiz. Bunday vaziyatda mikroqarz xaridni keyinga qoldirish o‘rniga, uni hozir va shu yerda xal qilishga yordam berishi mumkin.

2. Narxlar ko‘tarilib, pul jamg’arish foydasiz bo‘lganda

Tovar yoki xizmat narxi tez ko‘tarilayotgan bo‘lsa, ba’zida ularni hoziroq kreditga sotib olish manfaatliroq bo‘ladi. Hatto foizlarni hisobga olgan holda ham, umumiy xarajatlar arzonroq chiqishi mumkin.

3. Aksiya yoki chegirmadan foydalanish imkoniyati bo’lsa

Agar zudlik bilan maishiy ish quroli zarur bo‘lib qolsa-yu, do‘konda chegirma bo‘lsa, uni hoziroq mikroqarz yordamida sotib olish manfaatliroq bo‘ladi. 

Qachon mikroqarz olmagan ma’qul

1. Daromadingizdan ishonchingiz komil bo’lmasa

Agar sizda muntazam daromadga ega bo’lmasangiz, moliyaviy zaxirangiz bo‘lmasa, va boshqa kreditlar bor bo’lsa, qo‘shimcha moliyaviy yuk to‘lovlarning kechikishi va jarimalarga olib kelishi mumkin.

2. Bir maoshdan keyingisigacha pul yetishmovchiligi bo’lsa

Agar sizga ko‘pincha keyingi maoshgacha pul yetishmasa — mikroqarz vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. 

3. Qarzning borligi asabiylashishni keltirib chiqarsa

Bunday holda, boshqa yechimlarni izlagan yaxshiroq: jamg‘arish, xarid uchun boshqa muqobil variantlarini izlash yoki shunchaki kutish. Moliyaviy xotirjamlik xuddi buyumning o‘zi kabi muhim.



Baribir mikroqarz kerak bo‘lsa-chi?


Agar siz mikroqarz haqiqatan ham kerak deb qaror qilsangiz, tushunarli va shaffof shartlarni tanlang. Octobankning shunday mahsuloti bor — va u haqida bilish muhim bo‘lgan narsalar:

Asosiy shartlar:

  • Miqdori: 4 dan 100 mln so‘mgacha
  • Muddati: 12, 24 va 36 oy
  • Stavka: 37,9% yillik (annuitet ko’rinishda)
  • Komissiya: yo‘q
  • To‘lov: teng oylik to‘lovlar bilan
  • Pul o’tkazish: bank ofisida Octobank kartasiga o‘tkazish orqali


Talablar:

  • O‘zbekiston fuqaroligi
  • Yoshi 20 dan 60 yoshgacha
  • Doimiy ro‘yxatdan o’tganligi tasdiqlovchi ma’lumotnoma
  • Umumiy ish staji 6 oydan, so’nggi ish joyida — 3 oydan ortiq
  • Telefon raqami mavjudligi, ПИНФЛ
  • Moliyaviy yuklama 50% dan oshmasligi kerak


Qo’shimcha shartlar bilan batafsil sayt orqali tanishish mumkin

“Agar sizda maqsad, hisob-kitob va resurslar bo‘lsa, mikroqarz sizga foyda olib keladi. Agar u moliyaviy intizom o‘rnini egallasa aksincha xavfli bo‘lib qoladi. Asosiysi — o‘z imkoniyatlarini xolis baholash va shoshilinch qarorlar qabul qilmaslik.” – deya ta’kidlaydi Octobank.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

TBC Uzbekistan 2025-yilning 2-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni eʼlon qildi: kredit va depozit portfellarining 113% ga va 93% ga o‘sishi hisobiga umumiy operatsion daromad 100% ga oshib, 1,543 trillion so’mni tashkil etdi

08.08.2025

TBC Uzbekistan 2025-yilning 2-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni eʼlon qildi: kredit va depozit portfellarining 113% ga va 93% ga o‘sishi hisobiga umumiy operatsion daromad 100% ga oshib, 1,543 trillion so’mni tashkil etdi

Uzum Tencent va VR Capital’dan 70 million dollar jalb qildi, kompaniyaning bahosi 1,5 milliard dollarga yetdi

05.08.2025

Uzum Tencent va VR Capital’dan 70 million dollar jalb qildi, kompaniyaning bahosi 1,5 milliard dollarga yetdi



Orphus tizimi