Jismoniy shaxslar OS Android uchun Milliy mobil ilovasining 1.47 yangi talqini.
Nimalar qo’shildi:
1) Р2Р o’tkazmalar:
✔️ HUMO O’zmilliybank kartalaridan Visa so’m O’zmilliybank kartalariga o’tkazmalar;
✔️ HUMO O’zmilliybank kartalaridan UZCARD O’zmilliybank kartalariga o’tkazmalar*;
✔️ Visa so’m O’zmilliybank kartalaridan HUMO O’zmilliybank kartalariga o’tkazmalar;
✔️ Visa so’m O’zmilliybank kartalaridan UZCARD O’zmilliybank kartalariga o’tkazmalar*;
✔️ Istalgan bank UZCARD kartalaridan Visa so’m O’zmilliybank kartalariga va HUMO O’zmilliybank kartalariga o’tkazmalar**.
2) Boshqa o’zgarishlar:
✔️ O’zmilliybank VISA So’m kartalari Milliy mobil bankka qoshildi;
✔️ HUMO O’zmilliybank kartalari va O’zmilliybank VISA So’m kartalari orqali quyidagi hizmatlar faollashtirildi:
- hizmatlar uchun to’lov;
- O’zmilliybank kreditlarini so’ndirish;
- onlayn konversiya(sotib olish va sotish);
- O’zmilliybank omonatlarini ochish va to’ldirish;
- xamyon to'ldirish.
Eslatma: O'zmilliybank HUMO kartalarini Milliy mobil ilovasiga ulash uchun kartani istalgan O'zmilliybank bo`lim/filialida sms-xizmatiga ulash zarur.
*O’tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.
**O’tkazmalar bank tarifiga asosan amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
01.07.2025
Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi
30.06.2025
Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
Milliy bank HUMO kartalari orqali pul o‘tkazmalari va xizmatlar to‘lovlarni amalga oshirishni boshladi