Milliy banki AQSH dollaridagi yangi muddatli omonat turlarini amalga kiritilganligini ma’lum qiladi:

10.06.2013

O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AQSH dollaridagi yangi muddatli omonat turlarini amalga kiritilganligini ma’lum qiladi:

    1. Saqlash muddati – 6 oydan 1 yilgacha;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi;
    - foizlar har chorakda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, omonat valutasida kapitalizatsiyasiz to‘lanadi.

    2. Saqlash muddati – 1 yildan 1,5 yilgacha;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi;
    - foizlar har chorakda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, omonat valutasida kapitalizatsiyasiz to‘lanadi.

    3. Saqlash muddati – 1,5 yildan 2 yilgacha;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi;
    - foizlar har chorakda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valutada kapitalizatsiyasiz to‘lanadi.

Yevrodagi muddatli omonat:

    1. Saqlash muddati – 1 yil;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi;
    - foizlar har chorakda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, omonat valutasida kapitalizatsiyasiz to‘lanadi.

    2. Saqlash muddati – 1 yildan 2 yilgacha;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi;
    - foizlar har chorakda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, Markaziy bankning kursi bo‘yicha milliy valutada kapitalizatsiyasiz to‘lanadi.

Multivalutali omonat (AQSH dollari, yevro, Angliya funt stеrlingi, SHvеysariya franki):

    - saqlash muddati – 1 yil;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi;
    - foizlar omonat valutasida yoki AQSH dollarida har chorakda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, kapitalizatsiyasiz to‘lanadi.

“Privilеgiya-2” multivalutali omonati:
    - saqlash muddati – 13 oy;
    - boshlang‘ich badal miqdori – 100 ming AQSH dollari yoki boshqa valutada 100 ming AQSH dollarining ekvivalеnti xisobida;
    - foizlar omonat muddati tugagandan so‘ng, omonat valutasida yoki AQSH dollarida to‘lanadi;
    - hisoblangan foizlar har oyda kapitalizatsiya qilib boriladi;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi.

Hamda multivalutali omonat shartlari o‘zgartirilganini ma’lum qiladi:

“Privilеgiya” (AQSH dollari, yevro, ingliz funti):
    - saqlash muddati – 13 oy;
    - omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinadi;
    - foizlar omonat muddati tugagandan so‘ng, omonat valutasida yoki AQSH dollarida to‘lanadi.

Jamg‘armalarining boshqarilishini bizga ishonib topshirganlar farovonligi uchun o‘zimizni mas’ul dеb hisoblaymiz!

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 235-42-83, 234-14-14 tеlеfonlari orqali yoki Bankning istalgan bo‘lim/filialidan olishingiz mumkin.
 
O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot

Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi