“Milliy banklararo protsessing markazi” AJning 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

13.01.2025

Avval xabar qilinganidek, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat)ning 100 foiz davlat aksiyalari  paketini sotish bo‘yicha ochiq savdolar jarayoni boshlandi va Majburiy takliflarni (VO) topshirish bosqichida 6 nafar nomzod ishtirok etishga taklif qilindi.

 Ushbu bosqichda Ma’lumotlarni oshkor qilmaslik (NDA) haqidagi bitimni imzolagan nomzodlarga Jamiyatning xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi – «Deloitte» (keyingi o‘rinlarda-Maslahatchi) xalqaro kompaniyasi tomonidan tayyorlangan moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati bo‘yicha kompleks tahliliy hisobotlar (due diligence) bilan tanishish, shuningdek, Jamiyatning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoni berildi.

 Shuningdek, nomzodlarga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 30 sentyabrdagi e’loniga muvofiq, “Savdoning asosiy shartlari haqida”  («Term sheet»)gi Bitim taqdim etildi.

 Belgilangan muddatda Maslahatchiga Jamiyatni sotib olish bo‘yicha uchta ishtirokchidan Majburiy takliflar (VO) kelib tushdi va 65 million AQSH dollari miqdorida eng yuqori xarid bahosini taklif qilgan “Paynet” AJ kimochdi savdosining g‘olibi, deb topildi.

 Qayd etish joizki, Xaridorning taklifi Maslahatchi hisoblagan indikativ narxlar intervali chegarasida joylashgan va «KPMG» xalqaro mustaqil narxlovchi tomonidan narx qo‘yilgan bahodan yuqori hisoblanadi.

 Xaridor Jamiyatga tegishli bo‘lgan «Humo» to‘lov tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni, shuningdek, tizim foydalanuvchilarining maxfiy (shaxsiy va bank) ma’lumotlarini himoya qilishni zimmasiga olgan.

 Jamiyatni xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan.

 Ma’lumot uchun: «Paynet» AJ – O‘zbekiston moliyaviy texnologiyalar sohasida 18 yildan buyon faoliyat yuritayotgan eng yirik to‘lov operatorlaridan biridir. Tizim 1500 tadan ortiq tovar va xizmatlar yetkazib beruvchilar uchun to‘lov imkoniyatini ta’minlab, undan foydalanuvchilarning yillik soni 20 milliondan ziyoddir.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi



Orphus tizimi