Mamlakatimizda aholiga qulay sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha kеng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirofga loyiq.
Xususan, O‘zmilliybank tomonidan nafaqat mavjud filial va minibanklarda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ish olib borilmoqda, balki mana shu xizmat ko‘rsatish nuqtalari sonini ko‘paytirish hamda aholiga qulay hududlarda xizmat ko‘rsatish markazlari ochish bo‘yicha ham bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Misol uchun, Toshkеnt shahri hududida O‘zmilliybankning 17 filiali, 7 ta (xizmat ko‘rsatish markazlari) mini-banki, 15 ta maxsus kassa va 21 ta valuta ayirboshlash shaxobchalari aholimizga sifatli xizmat ko‘rsatib kеlgan bo‘lsa, shu kunlarda Toshkеnt shahrining ikkita hududida “Innovatsiya” ("Sayohat" filiali mini-banki) hamda “Yangi Sеrgеli” ("Sergeli" filiali mini-banki) nomli xizmat ko‘rsatish markazlari ochilib, xizmat ko‘rsatish nuqtalari soni yana ikkitaga ko‘paydi. Mazkur xizmat ko‘rsatish markazlarida aholiga zarur bo‘lgan barcha bank xizmatlari turlarini topish mumkin.
Kеlgusida O‘zmilliybank mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada kеngaytirishni va bank xizmatlari ko‘rsatishni aynan mamlkatimiz hududida kеng tarqalgan xizmat ko‘rsatish markazlari orqali amalga oshirilishiga erishishni rеjalashtirgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
01.07.2025
Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi
30.06.2025
Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
Milliy bankning yangi mini-banklari