Milliy ilovasi orqali omonatni to‘ldirish

06.02.2026
Oldinroq biz onlayn va oflayn omonatlar, shuningdek, ular ichidan qulay formatni tanlashda nimaga e’tibor qaratish kerakligi haqida so‘z yuritgan edik. Endi jamg‘armalarni boshqarishni yanada osonlashtiradigan navbatdagi imkoniyat bilan tanishtiramiz.

Milliy mobil ilovasida bank bo‘limlarida avval ochilgan omonatlarni to‘ldirish imkoniyati mavjud. Jamg‘armalaringizni masofadan turib boshqarish mumkin, ya’ni bankka qayta tashrif buyurishingiz shart emas.

Shuningdek, ilovada hisoblangan foizlarni qulay boshqarishingiz mumkin: mablag‘lar avval elektron hamyonga tushadi, pullardan esa bank kartangizga o‘tkazish yoki omonatni qo‘shimcha to‘ldirish uchun foydalanish mumkin.

Milliy ilovasi omonatlarni  yanada oson, tez va qulay boshqarishga yordam beradi — barcha asosiy operatsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizda amalga oshiriladi.
Barcha takliflar
So'm omonatlari
Bank.uz da So'm omonatlari

36ta bankdan 461ta noyob taklif.

Bo'limga o'tish
O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi



Bank mahsulotlari Omonatlar7
Orphus tizimi