JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Milliy valyutadagi yangi muddatli “Kommunal xizmat” omonat turi

01.04.2014
«Kapitalbank» OATB 1 apreldan  Milliy valyutadagi yangi muddatli “Kommunal xizmat” omonatini taklif etadi. Omonatni joylashtirish muddati 6-12 oy Foiz stavkasi: Yillik 22-24 foiz Eng kam badal miqdori - 300 000  so‘m. Badal naqd shaklda qabul qilinadi. Omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi    Hisoblangan foizlar avans tarzida o‘zbek so‘mida muddatli omonat rasmiylashtirilgan kun talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga to‘lanadi va omonat egasining o‘zining yoki oila a'zolarining kommunal xizmatlari yoki soliqlari uchun omonatchi arizada ko‘rsatilgan miqdorlarda o‘tkaziladi.  Badal omonat eshasi tomonidan muddatidan oldin yorilgan taqdirda, mijoz avval to‘langan foizlar summasini to‘liq qaytarish majburiyatini oladi. Omonat mddati tugagach, omonat summasi mijozning “Talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga ko‘chiriladi, yoki omonatchi istak bildirsa, omonat yangi muddatga rasmiylashtirilishi mumkin, bank mazkur omonat bo‘yicha badal qabul qilishni to‘xtatgan hollar bundan mustasno. Omonatingiz  “O‘zbekiston Respublikasi banklarida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi” tomonidan kafolatlangan Qo‘shimcha ma'lumot bank filiallarida
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
So'm kursi o'zgarishsiz qolmoqda

19.12.2025

So'm kursi o'zgarishsiz qolmoqda

So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda

11.12.2025

So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda

Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi

11.12.2025

Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi



Orphus tizimi