JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini o`rnatish to`g`risida

05.09.2017

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatish to‘g‘risidagi

AXBOROTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatishda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir.

2003-2017 yillarda kursni shakllantiruvchi omillar dinamikasining tahlili asosida, shuningdek banklar tomonidan importyor korxonalarga shartnomaviy kurs bo‘yicha chet el valyutasini sotishning sinov savdolari natijalarini inobatga olgan holda, bugungi kunda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSH dollari uchun 8000-8150 so‘mni tashkil etmoqda.

Shu munosabat bilan, Markaziy bankning valyuta kursi 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab 1 AQSH dollari uchun 8100 so‘m darajasida o‘rnatilmoqda.

Markaziy bankning kursi, avvalgidek, har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.

Chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha banklararo savdo sessiyalari O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida har kuni o‘tkazilib, bunda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning joriy nisbati asosida aniqlanadi hamda valyuta birjasining saytida e'lon qilib boriladi.

Manba: www.cbu.uz

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda



Orphus tizimi