JET: Oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin? Batafsil

Mingbuloq tumanidagi muammolar oʼrganilib, bartaraf etilmoqda

25.03.2021
25.03.2021      Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida barcha sohalarda bugun tub oʼzgarishlar va yangilanishlar olib borilib, odamlar roziligi uchun harakat qilinmoqda. Аyniqsa, tahlil va oʼrganishlarning eng quyi tizimlardan boshlangani, barcha darajadagi rahbarlarning mahalla va xonadonbay ishlashi mavjud muammolarni yaqinroq oʼrganib, joyida hal qilish va fuqarolar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan oʼta muhim tashabbus boʼldi.      Аyni shu vazifalardan kelib chiqqan holda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki ham respublika miqyosida barcha hududlar kesimida tuman va mahallalarga biriktirilgan boʼlib, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambagʼallikni qisqartirish borasida aniq manzilli ishlarni olib bormoqda.        Jumladan, bank tomonidan Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish, aholi muammolarini bartaraf etish borasida keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.      Ushbu tumandagi jami 40 ta mahallani oʼrganish natijalariga koʼra, mavjud holatni yaxshilash uchun yoʼl xaritasi ishlab chiqildi. Unga 55 km ichimlik suvi tarmogʼini oʼtkazish, 200 km ichki yoʼlga shagʼal yotqizish, 11 ta yangi transfarmator oʼrnatish va 47 tasini taʼmirlash, 377 ta “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlarga 697 gektar yer ajratish kiritildi.       Qayd etish lozimki, “Mikrokreditbank” tomonidan tuman iqtisodiy holatini yaxshilash boʼyicha salmoqli ishlar bajarilmoqda. Kam taʼminlangan, oʼta muhtoj oilalarni turmush sharoitini yaxshilash boʼyicha bank tomonidan jami 467,8 mln. soʼm homiylik yordami ko`rsatildi. Shuningdek, fevral oyining oʼzida 156 ta aholi va tadbirkorlik subyektlariga jami 5,2 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratildi, shundan 1,2 mlrd. soʼmi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʼnaltirildi. Jumladan, “Mehnatobod” mahallasida “Medlayn” MChJning loyihasi toʼxtab qolganligi sababli, unga zamonaviy tibbiyot uskunalari xarid qilishi uchun 3,5 mlrd. soʼm kredit ajratish hisobiga 30 nafar ishchi oʼrniga ega tadbirkorlik subyekti faoliyatini boshladi.           Mahallalar ixtisoslashuvi boʼyicha 6 ta yoʼnalishda drayverlar aniqlandi.      “Yoshlik” MFY va qoʼshni “Farovon” va “Tollik” MFYlar aholisi chorvachilikka ixtisoslashgan boʼlib, ushbu mahallalarda 200 ta xonadon chorvachilikka kooperatsiya asosida biriktirildi. “Nozim milk” MChJga sutni qayta ishlash uskunasi sotib olish uchun 1 mlrd. soʼm bank krediti ajratildi.        “Chordana” MFYda issiqxona faoliyati bilan shugʼullanayotgan “Best Lochin Аgrofirma” MChJ bilan birgalikda ushbu mahalladagi 50 ta xonadonlarda kichik issiqxonalar tashkil etib, sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirildi.        Umuman olganda, hozirgacha tumandagi 22 324 ta xonadonning qariyb 35 foizi yoki 7800 ta xonadon vakillari bilan uchrashgan holda ularning muammo va mavjud imkoniyatlari xatlovdan oʼtkazildi. Tumandagi 2 258 ta tadbirkorlik subyektlarining 23 foizi yoki 524 nafari tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashgan holda ularning muammo va mavjud imkoniyatlari oʼrganildi hamda yechimini topmoqda.        Tumandagi yoshlar masalalari ham alohida eʼtibor markazida boʼlib, 2 214 nafar yoshlarga 25 sotixdan jami 554 ga yer maydoni ajratildi. Bundan tashqari, tumandagi yoshlar bilan oʼtkazilgan uchrashuvlarda 81 nafar yoshlar kredit mablagʼlari evaziga tadbirkorlik faoliyatni yoʼlga qoʼyish istagini bildirgan. Ularni tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼrgatish maqsadida Jumashuy melioratsiya qishloq xoʼjaligi kasb-hunar kolleji binosida “Tadbirkorlikka oʼqitish markazi” tashkil qilindi.        Ushbu maqsadlar uchun tumandagi yoshlarga joriy yilda 15,3 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratiladi.          Tumanda obodonlashtirish va boshqa yoʼnalishlar boʼyicha ishlar davom ettirilmoqda.  Bank axborot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi