JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

“Mirobod bozori”da - yangi shaxobcha!

10.05.2018

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ning infratuzilmalari tarmog‘i va xizmatlari ko‘lami muttasil kengayib bormoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

Joriy yilning 10 mayidan poytaxtimizdagi “Mirobod” dehqon bozori hududidagi “Mirobod” minibankida jismoniy shaxslarga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yana bir shaxobcha tashkil qilindi. Shu orqali ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro pul o‘tkazmalari shaxobchalari soni 42 taga yetkazildi.

Hozirgi kunda bank shaxobchalarida soat 9.00dan 18.00 gacha “WESTERN UNION”, “MONEY GRAM”, “Zolotaya korona”, “Contact” va “Aziya-ekspress” tizimlari orqali aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha malakali xizmatlar ko‘rsatilmoqda. E’tiborlisi, bankning 19 ta xalqaro pul o‘tkazmalari   shaxobchalarida joriy   yilning may oyidan boshlab shanba va yakshanba kunlari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Слайд1.JPG

Bank shaxobchalarida fuqarolar xalqaro pul o‘tkazmalari uchun mablag‘larni milliy valyuta – so‘mda (naqd shaklda va bank plastik kartalari orqali) to‘lab, chet elga jo‘natishi hamda yuborilgan pul mablag‘larini xorijda qabul qilib oluvchi fuqaro o‘sha davlat pul birligida yoki AQSh dollari, yevroda olishi mumkin. Bunda xorijiy valyuta fuqaroning xohishiga ko‘ra tanlanadi.

Shu bilan birga, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida xorijiy davlatdan yuborilgan valyuta mablag‘larini milliy valyutada (naqd shaklda yoki bank plastik kartalariga o‘tkazib berish) taqdim qilish imkoniyati yaratilgan. Bu amaliyotlar sanoqli daqiqalar ichida, tezkor va sifatli bajariladi.

IMG_2253.JPG

Eslatib o‘tish joiz, xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha mazkur amaliyotlar bajarilishida ATB “Qishloq qurilish bank”ning amaliyot kunidagi xorijiy valyutaning sotish va xarid qilish bo‘yicha kurslari asosida amalga oshiriladi.

Bankda “Bivalyuta” xizmat turi orqali “Zolotaya korona” tizimidan xalqaro pul o‘tkazmalari hech qanday vositachilik to‘lovlarisiz, mutlaqo bepul o‘tkaziladi. Bunda Sizning O‘zbekistondan jo‘natgan milliy yoki naqd xorijiy valyutangiz xorijiy davlat banklari tomonidan xorijiy davlatning milliy valyutasida oluvchiga to‘lab beriladi.

“WESTERN UNION” va “MONEY GRAM” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali yuboriladigan jo‘natmalar uchun komissiyalar miqdori jo‘natma yuborilayotgan davlat va pul miqdoriga qarab belgilanadi.

“Zolotaya korona”, “Contact” va “Aziya-ekspress” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali yuboriladigan jo‘natmalar uchun 1 foiz miqdorida komissiya undiriladi.

Kelgusida bankning doimiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxobchalari sonini ko‘paytirish va xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilangan.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+99871) 150-93-39, 150-76-59.

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook:   FB.com/official.qqb.uz

 

Bank axborot xizmati

 

BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi