Mobil banking – internet tarmog'i yordamida mobil telefon (smartfon) orqali bank xizmatlaridan foydalanishning zamonaviy usulidir.
Bu usul bank xizmatlaridan foydalanuvchilarga bank hisobvarag'ini masofadan boshqarish imkonini beradi va deyarli barcha internet-banking operatsiyalarini ta'minlaydi.
Mobil banking xizmatlaridan foydalanish uchun mijoz, avvalo bank hisobvarag'ini ochishi lozim, ya'ni karta hisobvarag'i ochiladi (bank kartasi). Buning uchun:
Mobil ilovalar bank yoki to'lov tashkilotlari tomonidan taklif etilishi mumkin. Agar mobil ilova va bank kartasi bitta bankka tegishli bo'lsa, ushbu ilova orqali operatsiyalarni amalga oshirishda kichik vositachilik haqlaridan ozod bo'lish mumkin. Masalan, mablag'larni bir kartadan boshqa kartaga o'tkazish yoki naqd pul olish uchun komissiyalar mavjud. Umuman olganda, komissiya 1% dan oshmaydi.
Agar smartfonda ilova o'rnatilgan bo'lsa, faqatgina bank kartasi bilan ushbu ilovada avtorizatsiyadan o'tish kifoya, ya'ni ilovada bank kartasi haqida so'ralgan ma'lumotlarni unga kiritish lozim.
Avtorizatsiya qilish uchun, kartaning oldi tomonidagi ma'lumotlarni kiritish kerak (karta egasining ismi, kartaning individual raqami va kartaning amal qilish muddati). So'ngra bankning SMS-xabari orqali kelgan kod yordamida oshirilayotgan avtorizatsiyani tasdiqlash lozim. Shundan keyin, ilovaga kirish uchun parol (PIN kod) o'rnatish va uni eslab qolish muhim, telefon o'g'irlangan yoki yo'qolgan taqdirda mablag'larning xavfsizligi mazkur parol orqali ta'minlanadi.
Har bir mobil bank ilovasining dizayni va menyusi har xil, ammo bu muammo emas, chunki ularni ishlatish juda oson. Menyu asosan foydalanuvchi istagan operatsiyalarga muvofiq bo'limlardan (o'tkazmalar, to'lovlar va hokazo) tashkil topgan. Birinchi o'rinda ilovaga kartaning ma'lumotlarini kiritish kerak, undan keyin to'lovlarni amalga oshirish mumkin.
Mobil banking orqali har qanday bank operatsiyasini amalga oshirishingiz bilanoq ilovada ro'yxatdan o'tkazilgan telefon raqamingizga amalga oshirilgan operatsiya haqida SMS-xabar yuboriladi.
Mobil banking afzalliklari:
Mobil banking kamchiliklari:
Mobil telefon yo'qolsa yoki o'g'irlansa, birinchi o'rinda karta hisobvarag'i ochilgan bank filialiga murojaat qilib kartani bloklash zarur.
Mobil banking