JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Mobil moliyaviy rejalashtirish ilovalari

12.01.2021

Oila va shaxsiy budjetni rejalashtirish uchun ko‘plab ilovalar mavjud. Ba'zi bir ilovalar chekni tanib olish va avtomatik ravishda budjetingizga o‘zgartirish kiritish imkoniyatiga ega, boshqalari esa mobil banking orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tan olishadi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida turli hil qurilmalardan bir nechta kishi umumiy budjetni boshqarishi mumkin.

001

Quyida keltirilgan ilovalar sizga pullaringizni osonlik bilan boshqarishga, kuzatishga va tejashga yordam beradi.

Debit & Credit - Moliya hisobi

14

«Debit & Credit» mobil ilovasi budjetni yuritish bo‘yicha eng yaxshi vositalardan biri deb tan olingan. Ushbu ilova bir vaqtning o‘zida foydalanish uchun ham oddiy ham zamonaviy bo‘lib, daromad va xarajatlaringizni qayd etib borish, bir guruhga jamlanadigan xarajat toifalarini boshqarish, turli valyutada pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, qo‘shma moliyaviy hisobni yuritish, turli xil budjetlarni o‘rnatish va tahliliy hisobotlarni tuzish imkonini beradi.

Bitta bitim uchun bir nechta toifalarni belgilash, bitimga fotosurat va geoyorliq qo‘shib qo‘yish imkoniyati mavjud. Shuningdek, bank ma'lumotnomasi bilan solishtirish rejimi ham mavjud. Ilovaning xavfsizlik darajasi yuqori ko‘rsatkichlarga mos keladi.

Ushbu ilova iOS platformasida ishlaydi va uni AppStore elektron ilovalar do‘konidan yuklab olish mumkin. Ilovaning bepul talqinini ishlatayotganda unga ikkita hisob qo‘shish mumkin.

Домашняя бухгалтерия Lite

010

Домашняя бухгалтерия Lite – bu shaxsiy va oilaviy mablag‘laringizni yuritish uchun dasturning bepul talqini. Домашняя бухгалтерия Lite yordamida cheklanmagan miqdordagi hisoblardagi mablag‘lar daromadlari va xarajatlarini kuzatish juda oson. Dastur foydalanish uchun yetarli darajada oson va u foydalanuvchidan buxgalteriya hisobiga oid bilimlarni talab qilmaydi.

Домашняя бухгалтерия Lite bir nechta valyutalarda mablag‘lar hisobini yuritish imkoniyatga ega. Dasturga turli nomlar ostida kirish orqali turli xil foydalanuvchilar bir-biridan mustaqil ravishda hisoblarini yurita oladilar. Kiritilgan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash uchun hisoblarni parol bilan himoyalash mumkin.

Ushbu dastur Android platformasida ishlaydi va uni Play market elektron ilovalar do‘konidan yuklab olish mumkin.

MoneyWiz - Shaxsiy moliya

15

MoneyWiz - bu juda oddiy va juda funksional mablag‘lar menejeri bo‘lib, u oldingi xarajatlarni hisobga olgan holda mavjud vaziyat, kelajak rejalari va ularga erishish samaradorligi to‘g‘risida to‘liq tasavvur berish imkoniga ega. Sizning barcha hisoblaringiz, budjetlaringiz va to‘lovlaringiz bir joyda bo‘ladi.

Ushbu ilovadan foydalanib, oilaning har bir a'zosi o‘z budjetini boshqa a'zolarniki bilan moslashtirishi va bitta umumiy oila budjetini tuzishi mumkin.

MoneyWiz ilovasi hisobotlar hamda ehtiyojlaringizga moslashtirib tuzatish kiritiladigan hisobot namunalarini taqdim etadi. Prognozlash funksiyasi yordamida siz mablag‘laringiz haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu dastur har qanday smartfon platformasida ishlay oladi.

CoinKeeper — boylik yo‘liga birinchi qadam

image011

CoinKeeper budjetni nazorat qilish va uni rejalashtirish uchun eng qulay dasturlardan biri bo‘lib, mobil telefonlar va planshetlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ushbu ilovada turli xil qurilmalar orqali qo‘shma budjetni yuritish imkoni mavjud. Daromad va xarajatlarni tezlikda qo‘shish imkonini beradigan ilova interfeysi dasturning ajoyib imkoniyati bo‘lib hisoblanadi.

Foydalanuvchi oylik budjetlarni o‘rnatishi, xarajatlarni rejalashtirishi, mablag‘lar hisobini hamkorlikda yuritishi, hisobni yuritish uchun bir nechta qurilmalardan foydalanishi, kerakli xaridlar uchun pulni yo‘naltirishi, boshqa valyutalarga ayirboshlashi va boshqalarni amalga oshirishi mumkin.

CoinKeeper ixtiyoriy bank tomonidan yuborilgan SMS-xabarlarni avtomatik tarzda qabul qiladi. Ushbu ilova Android platformasida ishlaydi va uni Play market elektron ilovalar do‘konidan yuklab olish mumkin.

Ilovalar uchun muqobil variantlar

Agar siz oila budjetini tuzish ishiga endi qadam qo‘ygan bo‘lsangiz, uy ro‘zg‘ori buxgalteriyasini yuritish uchun kuchli va pulli vositalarni ishlatishdan oldin siz oila budjetini oddiy Microsoft Excel jadvalida yuritib ko‘ring.Ushbu qarorning foydali tomonlari aniq ko‘rinib turibdi, ya'ni siz dastur uchun pul xarajat qilmaysiz va siz o‘z kuchingizni mablag‘larni boshqarish sohasida sinab ko‘rasiz.

Microsoft Excel dasturida tayyor namunalar mavjud, buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. «Fayl» menyusiga kirish;
  2. «Sozdat'» bo‘limini tanlash;
  3. Berilgan namunalardan birini tanlang (odatiy oila budjeti, oila budjeti, xarajatlarning sodda budjeti, shaxsiy budjet va boshqalar);
  4. «Sozdat'» ni bosish;
  5. Tanlangan namuna bo‘yicha ishlash.

Moliyaviy savodxonlik saytida www.finlit.uz siz oila budjetini yuritish bo‘yicha tayyor namuna keltirilgan faylni topishingiz va uni yuklab olishingiz mumkin.


Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi