JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Moliya-bank tizimining barqaror rivoji

05.11.2013

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini ta’minlashda moliya-bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorida hamda Prezident I.A.Karimovning 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi.

Konferensiyada mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini ta’minlashda tijorat banklari va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining investitsion faolligini yanada kuchaytirish va rag‘batlantirish, moliya-kredit muassasalari tomonidan ustuvor tarmoqlarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, zamonaviy innovatsiya talablariga javob beradigan obektlarni barpo etish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini yanada faollashtirish, moliyaviy infratuzilmaning mamlakatda faol investitsiya siyosatini olib borishdagi rolini oshirish, xorijiy investitsiyalar va ichki resurslarni jalb qilishni yanada kengaytirish, respublikada qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar qabul qilindi.

Manba:bfa.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi

22.01.2026

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi

So‘mning mavqei barqaror saqlanib qolmoqda

15.01.2026

So‘mning mavqei barqaror saqlanib qolmoqda



Orphus tizimi