JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Moliyalashtirish ko‘lami kengayadi

30.10.2020

2020 yil 30 oktabr kuni ATB “Qishloq qurilish bank” hamda “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi” o‘rtasida qayta moliyalash bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi.

Marosimda ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisi o‘rinbosari B.Bobojonov va O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi bosh direktori M.Farmanov bugungi kunda ipoteka bozorini rivojlantirish hamda yangi moliyaviy yechimlarni qo‘llagan holda aholining ommabop uy-joylarga oshib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar.

IMG_4018_11.JPG

ATB “Qishloq qurilish bank” ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha mamlakatdagi yetakchi banklardan biri hisoblanadi. Yangi tuzilgan kelishuv bankning ipoteka bozoridagi ishtirokini yanada kengaytirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Xususan, birlamchi hamda ikkilamchi uy-joy bozoridan uy olish uchun uzoq yillik, maqbul foizlar asosida fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari hajmi kengayadi.

Alohida qayd etish kerak, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi mablag‘larining banklar uchun amaldagi va ilgarigi moliyalashtirishlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega.

Xususan, banklar tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditining ommabopligi e’tiborga molik. Ya’ni bu kredit liniyasi o‘rta hamda past daromadga ega bo‘lgan uy-xo‘jaliklarining uy-joy sotib olishlari uchun mo‘ljallangan. Asosiysi, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish hamda uy-joyni ta’mirlash uchun kreditlar olish imkoniyati mavjud.

IMG_4025_11.JPG

Eng muhimi, ATB “Qishloq qurilish bank” va O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasining o‘zaro hamkorligi uy-joyga muxtoj fuqarolarimizning ehtiyojlarini ta’minlashga o‘ziga xos hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi

13.08.2025

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi



Orphus tizimi