Moliyaviy zaxira-kelajakka ishonch.
Oila (shaxsiy) byudjetini shakllantirib, to‘g‘ri sarflash va tejashni, maqsadlarni belgilab, ularga erishish yo‘lini aniqlashni o‘rganganimizda, byudjet himoyasini ta’minlash muhim ahamiyatga egaligini unutmasligimiz kerak. Hayotda, byudjetga ta’sir qilib, bizni zarur mablag‘larsiz qoldirishi mumkin bo‘lgan turli xil kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin:
Byudjetni himoya qilish uchun moliyaviy zaxira kerak. Moliyaviy zahira 6-12 oylik xarajatlarga teng miqdorda shakllantiriladi. Nima uchun xarajatlar? Kutilmagan hayotiy vaziyatlar ro‘y berganida, moliyaviy qiyinchiliklar o‘tib, daromadingiz tiklanishiga qadar oilangiz odatiy hayot tarzida yashashi uchun oyiga qancha sarflashini anglash muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy zahira "moliyaviy yostiqcha" deb ham yuritiladi.
Har bir oila yoki shaxs uchun "moliyaviy yostiqcha" miqdori farq qiladi. Uning miqdori kamida 3-6 oylik xarajatlarga teng bo‘lishi kerak,
Masalan, bir oila oyiga o‘rtacha 2 mln. so‘m sarf qilsa, moliyaviy yostiqcha kamida 12-24 mln. so‘mni tashkil etishi kerak.
Aslida zaxirani shakllantirish unchalik qiyin emas, shunchaki, "oylik oldingizmi – avval o‘zingizga pul ajrating" tamoyiliga amal qilishingiz zarur. Oila byudjeti xavfsizligini ta’minlash maqsadida daromadingiz miqdoridan qat’iy nazar kamida uning 15-20%ini tejashni boshlang.
Masalan, bir oila a’zosi 1 million so‘m daromad olsa, u holda oyiga kamida 150-200 ming so‘m tejalishi kerak. Shunday qilib, "moliyaviy yostiqcha" besh-yetti yil davomida asta-sekin shakllantiriladi.
"Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini saqlashning muhim mezoni – bu, jamg‘armalarni ilojsiz vaziyatlarda mablag‘larni tezda olish va kerakli miqdorda foydalanish imkonini beradigan usulda saqlash zarur. Shu nuqtai nazardan, "Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini saqlashning quyidagi turlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin:
Moliyaviy zaxira nima va u nima uchun kerak?