Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

«Moody’s» bank tizimi rivojlanishini ijobiy baholadi

24.04.2015

Markaziy bank tomonidan «Moody’s» xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda tijorat banklarining xalqaro reyting baholarini olish masalalariga bag'ishlangan navbatdagi 5-xalqaro yillik konferentsiya o'tkazildi.

Anjumanda tijorat banklarining 300 dan oshiq rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Konferentsiya mamlakatimiz Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi qarori talablari ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.

Mazkur hujjatda aniqlab berilgan vazifalar, bank tizimida olib borilayotgan islohotlar banklarning xalqaro reyting baholarini olishiga erishish, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish, bank amaliyotiga tijorat banklari faoliyatini baholash va tahlil qilishning xalqaro standartlarini joriy etish, banklarning xalqaro moliya bozoridagi ishtirokini kengaytirish orqali investitsiya salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Konferentsiya davomida evrohudud iqtisodiyotidagi o'zgarishlar va ularning MDH mamlakatlariga ta'siri, iqtisodiy nobarqarorlik oqibatlarining aktivlar sifati, bank tizimining tashqi zarbalarga moyilligi masalalari ko'rib chiqildi, shuningdek hamdo'stlik mamlakatlari bank tizimining girdobli harakat sharoitidagi obzori bilan tanishildi.          

Bundan tashqari, «Moody’s» agentligi ekspertlari kredit reytingini taqdim etish metodologiyasi bo'yicha batafsil ma'lumot berdilar va O'zbekiston bank tizimida olib borilayotgan islohotlar natijalari bo'yicha o'z mulohazalarini bildirdilar.

Eslatmoq joizki, «Moody’s» agentligi o'tgan yilning aprelidagi “O'zbekiston bank tizimining rivojlanish prognozi” deb nomlangan hisobotida ketma-ket beshinchi marta bank tizimining rivojlanish istiqbollarini “barqaror” deb tasdiqladi. Aktivlar sifatining barqaror dinamikasi, iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'ati, banklarning yuqori daromadli ko'rsatkichlari, likvidlik darajasi va banklar faoliyatining samaradorligi mana shunday xulosa qilishga asos yaratdi. «Moody’s» agentligi fikriga ko'ra, respublika iqtisodiyotining barqaror o'sishi 12-18 oy davomida banklar uchun qulay operatsion muhitni ta'minlaydi.

So'nggi yillarda mamlakat moliya-bank tizimini barqarorligini yanada mustahkamlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Bank tizimi ko'rsatkichlari nafaqat xalqaro standartlarga javob beradi, balki ayrim me'yorlar bo'yicha yuqori mavqega egadir. Natijada katta uchlik - «Moody’s», «Standard & Poor’s» va «Fitch Rating’s» xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning barcha tijorat banklariga barqaror o'sishini tasdiqlovchi reyting baholarini taqdim etganlar.

Qayd etildiki, bank tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar va Markaziy bankning samarali bank nazorati, jumladan, aktivlar sifati, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, kapital etarliligi va likvidlik ko'rsatkichlari ustidan doimiy monitoring o'rnatilishi mamlakatimiz banklarining barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni hozirlamoqda.

Markaziy bank Xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki va bank nazorati bo'yicha Bazelь komitetining tavsiyalariga muvofiq ilg'or xalqaro tajribalar asosida bank nazoratini muntazam va zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib bormoqda.

Konferentsiya davomida bildirilgan tavsiya va xulosalar respublika bank tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, etakchi xalqaro reyting agentliklari standartlari va baholash ko'rsatkichlari asosida tijorat banklari faoliyatini baholashdagi yondashuvlarni takomillashtirish, pirovardida bu banklar faoliyatini eng yaxshi xalqaro tajribalarga muvofiq tashkillashtirishga sharoit yaratadi.

Manba: O'zRMB (www.cbu.uz)

 

Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi