Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

«Moody’s» bank tizimi rivojlanishini ijobiy baholadi

24.04.2015


Markaziy bank tomonidan «Moody’s» xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda tijorat banklarining xalqaro reyting baholarini olish masalalariga bag'ishlangan navbatdagi 5-xalqaro yillik konferentsiya o'tkazildi.

http://cbu.uz/sites/default/files/2015/04/moody-s.jpgAnjumanda tijorat banklarining 300 dan oshiq rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Konferentsiya mamlakatimiz Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi qarori talablari ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.

Mazkur hujjatda aniqlab berilgan vazifalar, bank tizimida olib borilayotgan islohotlar banklarning xalqaro reyting baholarini olishiga erishish, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish, bank amaliyotiga tijorat banklari faoliyatini baholash va tahlil qilishning xalqaro standartlarini joriy etish, banklarning xalqaro moliya bozoridagi ishtirokini kengaytirish orqali investitsiya salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Konferentsiya davomida evrohudud iqtisodiyotidagi o'zgarishlar va ularning MDH mamlakatlariga ta'siri, iqtisodiy nobarqarorlik oqibatlarining aktivlar sifati, bank tizimining tashqi zarbalarga moyilligi masalalari ko'rib chiqildi, shuningdek hamdo'stlik mamlakatlari bank tizimining girdobli harakat sharoitidagi obzori bilan tanishildi.           

Bundan tashqari, «Moody’s» agentligi ekspertlari kredit reytingini taqdim etish metodologiyasi bo'yicha batafsil ma'lumot berdilar va O'zbekiston bank tizimida olib borilayotgan islohotlar natijalari bo'yicha o'z mulohazalarini bildirdilar.

Qayd etildiki, bank tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar va Markaziy bankning samarali bank nazorati, jumladan, aktivlar sifati, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, kapital etarliligi va likvidlik ko'rsatkichlari ustidan doimiy monitoring o'rnatilishi mamlakatimiz banklarining barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni hozirlamoqda.

Konferentsiya davomida bildirilgan tavsiya va xulosalar respublika bank tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, etakchi xalqaro reyting agentliklari standartlari va baholash ko'rsatkichlari asosida tijorat banklari faoliyatini baholashdagi yondashuvlarni takomillashtirish, pirovardida bu banklar faoliyatini eng yaxshi xalqaro tajribalarga muvofiq tashkillashtirishga sharoit yaratadi.

 

Manba:www.cbu.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi