JET: So'm yoki dollar omonatlari: O'zbekistonda qaysi biri foydaliroq? Batafsil

«Moody’s»: bank tizimining rivojlanish istiqboli barqaror

28.02.2014

2014 yil 27-fevral kuni Respublika Markaziy banki va «Moody’s» xalqaro reyting agentligi hamkorlikda tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting baholarini olish, banklar faoliyatini baholash va tahlil etishning xalqaro standartlarini joriy etish masalalariga bag'ishlangan navbatdagi yillik konferentsiya o'tkazdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi qarori talablari doirasida tashkil qilingan mazkur tadbirda tijorat banklarining rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Konferentsiya davomida banklarning moliyaviy hisobotlarini «Moody’s» reyting metodologiyasi asosida tahlil etish hamda tijorat banklari faoliyatiga xalqaro norma va standartlarga asoslangan zamonaviy baholash tizimini joriy etish imkoniyatlari bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi.

Xususan, «Moody’s» agentligining ekspertlari o'z metodologiyasi asosida banklarga kredit reytingini berish jarayoni to'g'risida batafsil tushuntirishlar berishdi, MDH mamlakatlari bank tizimlarining hozirgi holati bilan tanishtirishdi, shuningdek O'zbekistonda bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Agentlik ekspertlari qayd etishicha, bugungi kunda «Moody’s» MDHning 6 ta davlati, ya'ni O'zbekiston, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Qozog'iston bilan hamkorlik qilmoqda. Ulardan faqat ikki davlat, shu jumladan O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqboli «barqaror» darajada baholanmoqda.

Ekspertlar ta'kidicha, O'zbekistonning asosiy eksport tovarlari bo'yicha dunyo bozorlaridagi narx barqarorligi, davlat va xususiy sektorning sezilarli darajadagi kapital qo'yilmalari, aktivlar sifati va kapitalning o'sish tendentsiyasi, tizimda likvidlik holatining yaxshiligi, kapitalning ichki resurslar hisobiga oshib borishi, iqtisodiyotning o'sishi hisobiga banklar daromadining oshib borishi, hukumatning banklarni faol qo'llab-quvvatlashi bank tizimining rivojlanish istiqboli barqarorligi omili bo'lib qolmoqda.

Ta'kidlash lozimki, 2013 yil avgustida «Moody’s» xalqaro reyting agentligi “O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari” to'g'risida hisobotini e'lon qildi va ketma-ket to'rtinchi yil ham O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollarini “barqaror” deb baholadi.

Manba:cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi