«MOODY’S»: BARQAROR OPERATSION MUHIT VA AKTIVLAR SIFATI O'ZBEKISTON BANKLARINING RIVOJLANISH OMILIDIR

17.07.2015

2015 yil 13 iyul kuni «Moody’s» xalqaro reyting agentligi tomonidan keyingi 12-18 oy uchun «O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari» yangi hisoboti nashr qilinib, unga muvofiq agentlik ketma-ket oltinchi yil O'zbekiston bank tizimi rivojlanish istiqbollarini «barqaror» darajada tasdiqladi.

O'zbekistonda barqaror va ko'p tarmoqli iqtisodiyotning shakllantirilgani hamda mamlakat iqtisodiyotiga katta hajmdagi kapital investitsiyalarning yo'naltirilayotgani tijorat banklari uchun barqaror operatsion muhit yaratmoqda.

«Moody’s» agentligi O'zbekiston banklari aktivlari sifatining barqaror dinamikasini e'tirof etgan holda, aktivlar sifatining kelgusida ham yuqori darajada saqlanib qolishini prognoz qilmoqda.

«Moody’s» agentligi kelgusida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlar hajmining yiliga 20 foizga oshishini prognoz qilmoqda. Agentlik prognoz davri mobaynida kapital etarliligi ko'rsatkichini amaldagi darajada saqlab qolish uchun kreditlash hajmining yuqori o'sish sur'atlariga mos ravishda banklar umumiy kapitalini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rilishi zarurligini ta'kidlanmoqda.

Qayd etish joizki, 2015 yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 25 foiz o'sishi ko'zda tutilmoqda.

«Moody’s» xalqaro reyting agentligi ma'lumotiga ko'ra, 2014 yil yakunlari bo'yicha MDH davlatlari ichida faqat O'zbekiston bank tizimi barqaror rivojlanish prognoziga egaligini alohida qayd etib o'tgan.

Manba http://cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi