JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Moody's: O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish prognozi barqaror qolmoqda

17.04.2014


         O'zbekiston bank tizimining rivojlanish prognozi barqaror qolmoqda, deya keltirilmoqda Moody's reyting agentligining chop etilgan yangi hisobotida.

 Hisobotda qayd qilinishicha, hukumat tomonidan yirik banklar orqali mamlakat iqtisodiyotiga yo'naltirilayotgan sezilarli hajmlardagi investitisiyalar tufayli O'zbekistondagi iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlari hisobiga “barqaror” prognozi saqlanib qolmoqda. Shuningdek, Moody’s mutaxassislari Moody's: O'zbekiston bank tizimining rivojlanish prognozi barqaror qolmoqda - O'zbekiston yangiliklarikreditlash o'sishini moliyalashtirish uchun mablag'ni ta'minlab beruvchi O'zbekiston banklari daromadlarini ham prognozga ijobiy ta'sir qiluvchi faktorlar qatoriga kiritmoqda.

Umuman olganda, so'nggi o'n yil davomida O'zbekiston iqtisodiyotining har yilgi o'sishi 6 foizdan oshmoqda. Xalqaro valyuta fondining prognozlariga ko'ra, 2014 yilda mamlakat Yalpi ichki mahsuloti o'sishi 7,0 foizni tashkil etadi, deb keltirilmoqda hisobotda.

Reyting agentligining ta'kidlashicha, O'zbekistondagi iqtisodiy o'sish sur'atlari boshqa MDH davlatlariga nisbatan kamroq volatillikni namoyon qilmoqda. Sababi O'zbekiston eksporti tizimi nisbatan diversifikatsiyalangan bo'lib, eksportdan olingan daromad hukumat tomonidan davlat investitisiyalarini moliyalashtirishga yo'naltirilmoqda.

Moody’s agentligining fikricha, O'zbekiston banklarining amaliyot daromadlari darajasi MDH mamlakatlari banklari orasida eng yuqorisi hisoblanadi.

Agentlik prognoz davri mobaynida iqtisodiyot o'sishining yuqori sur'atlari tufayli O'zbekiston banklari daromadliligining barqaror darajada qolishi, shuningdek o'rtacha aktivlarning rentabelligi taxminan 1,5 foiz, o'rtacha kapital rentabelligi esa 13-15 foizni tashkil etishini kutmoqda.

Bundan tashqari, prognozlarga binoan, O'zbekiston banklari likvidligi ko'rsatkichlari ham ko'rilayotgan davrda barqaror darajada qoladi.

 

Manba: UzReport.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi

22.01.2026

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi



Orphus tizimi