JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi

Moody's reyting agentligi Kapitalbank reytingini barqaror prognoz bilan B2 darajasida saqlab qoldi.

Moody's tahlilchilari bankning samarali biznes modeli va barqaror moliyaviy ko'rsatkichlar va yaxshi aktivlar sifati bilan muvozanatlangan jadal o'sishini qayd etdilar.

Bank 2023-yilda 1,7 trillion so‘m miqdorida rekord darajadagi daromadga erishib, yuqori rentabellikni namoyish etishda davom etmoqda. Rentabellik yuqori foizli daromadlar va kreditlarning tez o'sishi bilan quvvatlanadi. Muammoli kreditlar ulushi pastligi (2023 yil yakuni bo‘yicha umumiy kredit portfelining 1,65 foizi) tufayli Kapitalbank aktivlarining sifati yuqoriligicha qolmoqda.

— Biz uchun nafaqat mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan xususiy foydalanuvchilar va tadbirkorlar uchun qulay bank xizmatlarini ko‘rsatish, balki jadal o‘sish sharoitida bankning ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash ham muhimdir, – deydi ATB “Kapitalbank” Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy. — Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bank mahsulotlarini jadal raqamlashtirish bizga ulkan maqsadlarga erishish va mijozlarga eng qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Bugungi kunda “Kapitalbank” aktivlari hajmi bo‘yicha mamlakatimizning eng yirik xususiy banki bo‘lib, bank mijozlari 1,9 milliondan ortiq jismoniy shaxs va 64 mingdan ortiq tadbirkorlarni o‘z ichiga oladi. Hozirda, mamlakat bo‘yicha Kapitalbankning 95 ta bo'limi va 1150 dan ortiq bankomatlari mavjud.

2023-yilda bank tadbirkorlar uchun yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek, jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan onlayn xizmatlar ro‘yxatini kengaytirdi.

Moody's reyting agentligi haqida

Moody's xalqaro reyting agentligi (to'liq nomi - Moody's Investors Service) - kredit reytinglarini belgilash, tadqiqotlar va risklarni tahlil qilish bilan shug'ullanadi. Bu Standard & Poor's va Fitch Ratings bilan bir qatorda dunyodagi "katta uchlik" yetakchi reyting agentliklaridan biridir. Kompaniyaning eng yuqori professional standartlarga asoslangan faoliyati shaffoflikni oshirish va kapital bozorlarining integratsiyalashuviga yordam beradi.

Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!



Orphus tizimi