JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Muammoning ildizi aniqlandi va murojaatchiga tushuntirildi

04.02.2022
4.02.2022     Pop tumanidagi chekka hududlardan birida yashovchi fuqaro Fazliddin Oʼralov ijtimoiy tarmoqlar orqali imtiyozli kredit ajratilishidagi muammolar yuzasidan shikoyat qilgan.   Fuqaroning murojaati “Mikrokreditbank” АTB Pop filiali mutaxassislari tomonidan oʼrganib chiqildi.     Unga koʼra, “Mikrokreditbank” АTB Pop filiali tomonidan murojaatchi Fazliddin Oʼralovga quyonchilikni rivojlantirish uchun 24.8 mln soʼm imtiyozli kredit ajratilganligi aniqlandi. Shundan soʼng F.Oʼralov quyonlarni sotib olish uchun taʼminotchi korxona “Temurbek Meronshox” maʼsuliyati cheklangan jamiyati bilan oʼz xohishiga asosan shartnoma tuzgan va toʼlov topshiriqnomaga asosan kredit mablagʼlarini oʼtkazgan. Murojaatchi nomiga quyonchilikni rivojlantirish uchun kredit mablagʼi ajratilgan biznes loyiha hozirda oʼzini-oʼzi oqlamayotganligi sababli taʼminotchi korxona quyonlarni qaytarib olishda amaliy yordam soʼragan. Lekin bank tomonidan ushbu masalani yechish imkoniyati yoʼqligi taʼkidlangan.       Oʼralov Fazliddin nomiga quyonchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablagʼlari oʼz vaqtida toʼlanishi lozimligi bir necha bora aytib oʼtilgan. Bugungi kunda 5 154 000 soʼm muddati oʼtgan kredit qarzdorligi mavjud.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq



Orphus tizimi