Muddatlar uzaytirildi - omonatchilarga foyda kelib tushishda davom etadi

17.07.2020
Iyul oyida karantin rejimi qayta kuchaytirildi, shuning uchun ko'plab «Kapitalbank» omonatchilariga bankka tashrif buyurish va pullarni yechib olish qiyinchilik tug'dirmoqda. Shu bilan birga, ko'plab omonatlar muddati tugamoqda yoki allaqachon tugagan. Pullar bo'sh qolmay, foyda keltirishda davom etib turishi uchun quyidagi omonatlarning muddatlarini 36 oyga uzaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi. «To'g'ri tanlov» – 4%; «Qulay» – 3%; «Jamg'arma - AQSh dollari» - 4%; «Jamg'arma - Yevro» – 4%; «Jamg'arma - AQSh dollari» - 3%; «Online Prime» – 4%. Bundan tashqari, istalgan omonatchi muddatidan oldin omonatni yopishi mumkin. Bu holda, u omonatning jami summasini va omonatning har bir to'liq oyi uchun foizlarni oladi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi