Ijtimoiy tarmoqlarda Agrobankning Jizzax viloyati Do‘stlik filiali mansabdorlari va Paxtakor filiali sobiq boshqaruvchisi tomonidan noqonuniy holatlar to‘g‘risida xabarlar uzatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Do‘stlik filiali mansabdorlari tomonidan "A-f" va "N-m" fermer xo‘jaliklari rahbarlarining xabarisiz, hisob raqamlardagi 105,2 million so‘mlik mablag‘larni boshqa fermer xo‘jaliklari hisob raqamlariga (ko‘rsatilgan texnika xizmatlari va kreditlarni qoplash uchun) o‘tkazib yuborilgan.
Ushbu holat prokuratura xodimlari tomonidan aniqlangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Yuqorida nomlari keltirilgan fermer xo‘jaliklar hisob raqamlariga mablag‘lar qaytarilishga erishilgan.
Bankning Paxtakor filiali sobiq boshqaruvchisi (tergov jarayon sabab ismi sir tutiladi) 2018 yilda fuqaro A.X. nomiga parrandachilik faoliyatini tashkil etish va milliy shirinliklar uskunasini sotib olish uchun jami 197 million so‘mlik kredit mablag‘ini ajratib, ushbu kredit mablag‘ini mijozga bermasdan o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Bunday holat aniqlangandan so‘ng ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Hozirda mazkur noqonuniy hatti-harakatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bank rahbariyati bu kabi salbiy holatlarning oldini olishda doimiy tarzda murosasiz kurash olib borilmoqda va bu borada o‘z vaqtida tegishli huquqni muhofaza qilish organlari xabardor etib kelinmoqda.
Zero, bizning bosh maqsadimiz mijozlarga sifatli va zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishdir.
"Agrobank" ATB Matbuot xizmati
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
Munosabat