“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturi doirasida bugungi kunda mamlakatimizda qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash, qishloqlarda zamonaviy va sifatli uy-joylarni qurish, ijtimoiy soha obektlarini barpo qilish, qishloqlarning yangi infratuzilmalarini shakllantirish, respublikamiz qishloqlari qiyofasini butunlay yangi bir bosqichga ko‘tarishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ochiq aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” respublikamizda ushbu jarayonni keng miqiyosda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish, yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda obektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan korxonalarga kredit berish va universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatilishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
“Namunaviy loyihalar asosida qishloq joylarida uy-joy qurilishini tashkil etish va kengaytirish borasida 2013 yilga belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi to‘g‘risida" o‘tkazilgan press-konferensiya bo‘yicha