Navbatdagi yangi Bank xizmatlari markazi ochildi

13.04.2021
13.04.2021 “Mikrokreditbank”АTB  Jizzax viloyat mintaqaviy filialining navbatdagi yangi Bank xizmatlari markazi ochildi. Jizzax viloyati Аmaliyot boʼlimi qoshida “Baxmal” mini-banki yopilib, shu nomdagi bank xizmatlari markazi Jizzax viloyati Baxmal tumani, Oʼsmat shaxarchasi, Oʼsmat Sh.F.Y., Mustaqillik koʼchasi 12-uy manzilidagi binosida va Navoiy viloyati Аmaliyot boʼlimi qoshida “Gʼazgʼon” bank xizmatlari markazi Navoiy viloyati, Gʼazgʼon shaxri, Marmarobod M.F.Y., Sangtarosh koʼchasi, raqamsiz uyda oʼz faoliyatini boshladi. Xususan, markazda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shartlardagi kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kredit kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi. Bu esa mijozlarning banklarga nisbatan ishonchini oshirib, qimmatli vaqtini tejaydi.  Bundan tashqari mijozlar, mutaxassislar maslaxatini olish, hisob raqam ochish va kreditlar olish uchun ariza berish, koʼplab turdagi muddatli va jamgʼarma omonatlariga mablagʼlar qoʼyish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi toʼlovlar, valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʼtkazmalarini hamda kassa xizmatlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi