Yangidan tashkil etilgan mazkur markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik karta ochish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
Navoiy shahar buyum bozori hududida joylashgan “Bank xizmatlari markazi”da mijozlarga interaktiv mobil bank xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Shuningdek, zaruriy maslahatlar ham berib boriladi.
Markaz birgina bozor hududidagi tadbirkorlarning emas, balki hudud aholisining ham bank xizmatlariga bo‘lgan turli talabini qondirishga xizmat qiladi. Bu yerda 24/7 rejimida ishlovchi zamonaviy bankomatlar ham o‘rnatilgan.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Navoiy shahridagi buyum bozorida “Bank xizmatlari markazi” ochildi