Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yangi Bank xizmatlari markazi ochildi

03.02.2021
3.02.2021
 Navoiy viloyati Zarafshon shahrida “Mikrokreditbank”АTB Navoiy viloyat mintaqaviy filialining navbatdagi yangi Bank xizmatlari markazi ochildi.
Zarafshon shahrining markazida tashkil etilgan “Qizilqum” bank xizmatlari markazi toʼla quvvatlarda faoliyat olib borib, yuridik va jismoniy shaxslarga barcha qulayliklar yaratilgan holda keng koʼlamli bank hamda konsalting xizmatlarini koʼrsatadi.

Xususan, markazda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shartlardagi kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kredit kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi. Bu esa mijozlarning banklarga nisbatan ishonchini oshirib, qimmatli vaqtini tejaydi. 

Bundan tashqari mijozlar, mutaxassislar maslaxatini olish, hisob raqam ochish va kreditlar olish uchun ariza berish, koʼplab turdagi muddatli va jamgʼarma omonatlariga mablagʼlar qoʼyish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi toʼlovlar, valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʼtkazmalarini hamda kassa xizmatlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi