JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

Navoiy viloyatida “Yangirabod” bank xizmatlari markazi ishga tushdi

12.01.2021
12.01.2021    Bugungi kunda Mikrokreditbank mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda qulayligini oshirishga, shuningdek yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Mikrokreditbank ATB Navoiy viloyati mintaqaviy filiali Amaliyot bo‘limi qoshida tashkil etilgan zamonaviy “Yangirabod” bank xizmatlari markazi bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.       Xatirchi tumanining markazida tashkil etilgan “Yangirabod” bank xizmatlari markazi to‘la quvvatlarda faoliyat olib borib, yuridik va jismoniy shaxslarga barcha qulayliklar yaratilgan holda keng ko‘lamli bank hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.       Xususan, markazda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shartlarda mikroqarz, overdraft, iste'mol, avtokredit, imtiyozli va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Plastik kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi. Bu esa mijozlarning banklarga nisbatan ishonchini oshirib, qimmatli vaqtini tejaydi.         Bundan tashqari, mijozlarga  mutaxassislar maslahatini olish, raqam ochish va kreditlar olish uchun ariza berish, ko‘plab turdagi muddatli va jamg‘arma omonatlariga mablag‘lar qo‘yish, barcha turdagi to‘lovlar, valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalarini hamda kassa xizmatlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.        Mazkur bank xizmatlari markazi binosi xalqaro standartlar asosida ta'mirlanib, ilg‘or kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlandi.         Bank xizmatlari markazi xodimlari malakasi “Mikrokreditbank” tizimida ishlab chiqilgan “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari” asosida oshirildi.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi



Orphus tizimi