JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbank tadbirkorlarga istalgan maqsadlar uchun 1 mlrd.soʻmgacha taʼminotsiz kreditlar ajratilishini eʼlon qiladi

20.03.2020
“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbank tadbirkorlarga istalgan maqsadlar uchun 1 mlrd.soʻmgacha taʼminotsiz kreditlar ajratilishini eʼlon qiladi “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tadbirkorlarga istalgan maqsadlar uchun 1 mlrd.soʻmgacha taʼminotsiz kreditlar ajratilishini eʼlon qiladi. Mazkur kredit sodiqlik dasturi doirasida ishlab chiqilgan va yanada qulay shartlarda foydalanish imkonini taqdim etadi. Ushbu kreditdan 90 kun davomida foydalanishingiz mumkin. Kredit mablagʻlarining kredit liniyasi shaklida taqdim etilishi qarz oluvchiga kreditdan 12 oylik muddat ichida zarur boʻlganda foydalanish imkonini beradi. Kredit miqdori hisobraqamingiz boʻyicha 3 oylik aylanma hajmiga teng boʻladi, biroq 1 mlrd soʻmdan oshmaydi. Kompaniyangiz sodiqlik dasturi ishtirokchisi ekanligini quydagi formaga unikal 8 raqamli kodni kiritib bilib olishingiz mumkin.   Kredit liniyasini ochish uchun Sizga xizmat koʻrsatuvchi bank filialiga murojaat qilishingiz hamda bank tomonidan tayyorlab qoʻyilgan kredit shartnomasi va boshqa hujjatlarni imzolashingiz zarur. Mazkur amaliyot Bank tomonidan Konstitutsiya kunimunosabati bilan-08.12.2019y. ham qoʻllanilgan boʻlib, bankning 366 nafar doimiy mijozlariga tayyor kreditlar taqdim etilishi boʻyicha takliflar berilgan.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

Biznesingiz uchun ishonchli moliyaviy yordam qidiryapsizmi?

12.12.2024

Biznesingiz uchun ishonchli moliyaviy yordam qidiryapsizmi?

Davr Bankda ishlashni xohlaysizmi? Biz buni yengillashtirdik!

12.12.2024

Davr Bankda ishlashni xohlaysizmi? Biz buni yengillashtirdik!



Orphus tizimi