NBU'dan pasaytirilgan stavkalarda mikroqarz

10.02.2026
O‘zbekiston Milliy banki pasaytirilgan foiz stavkalarida onlayn-mikroqarz taklif etadi.

Foiz stavkasi:
◽️ 25% dan 28% gacha — byudjet tashkilotlari xodimlari va NBU'ning ish haqi loyihasi mijozlari uchun.

Shartlar:
◽️ Kredit miqdori — 100 million so‘mgacha;
◽️ Muddat — 60 oygacha;
◽️ Kreditning qaytarilmaslik xavfini sug‘urtalash polisi talab etiladi.

Rasmiylashtirish Milliy mobil ilovasi orqali — to‘liq onlayn tarzda va bankka tashrif buyurmasdan amalga oshiriladi.

Batafsil ma‘lumot
Barcha takliflar
Mikroqarz
Bank.uz da Mikroqarz

43ta bankdan 278ta noyob taklif.

Bo'limga o'tish
O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot

O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Bank mahsulotlari Kreditlar16
Orphus tizimi