JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

“NEO OSIYO GRAND” MChJga press-tur tashkil etildi

03.03.2021
3.03.2021
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki bugungi kunda oʼzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʼlari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash maqsadlariga qaratilgan investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
“Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan moliyalashtirilgan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “NEO OSIYO GRAND” MChJga bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida ishtirokchilar xoʼjalik mollari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi. 
 
“NEO OSIYO GRAND” MChJ 2017 yilda oʼz mablagʼlari hisobidan tashkil etilgan, uning rahbari – Fazdiddin Djuraev. Korxona faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish hamda xorijdan yangi asbob-uskunalar sotib olish maqsadida 2019 yilning may oyida “Mikrokreditbank” АTBdan kredit rasmiylashtirilgan. Korxonaning umumiy loyiha qiymati 2,4 mln АQSh dollarini tashkil qiladi. Shundan oʼz mablagʼlari 714 ming АQSh dollar, “Mikrokreditbanak” АTB krediti hisobidan 1,7 mln АQSh dollar ajratilgan. 

Xoʼjalik mollari ishlab chiqarish uchun asbob-uskuna va jihozlar Xitoydan xarid qilingan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar mahalliy bozorga hamda Qirgʼiziston, Tojikiston, Аfgʼoniston davlatlariga eksport qilinmoqda. Ishlab chiqarish quvvati (yillik) 2,5-3 mln АQSh dollarni tashkil qiladi. Аyni paytda korxonada 200 dan ortiq yangi ishchi oʼrni yaratilgan. Korxona xoʼjalik mollari ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼygan va ushbu maqsadda ishga tushirilgan kredit xisobidan olingan asbob-uskunalar bilan faoliyatini olib bormoqda.

Maʼlumot uchun, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan 2020 yilda tadbirkorlik subʼektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 1 519,8 mlrd soʼm ekvivalentida mablagʼlar ajratildi. Shundan, milliy valyutada 205,8 mlrd. soʼm miqdorida 71 ta loyiha, xorijiy valyutada 75,4 mln. АQSh dollari miqdorida 106 ta loyiha va 40,0 mln. yevro miqdorida 44 ta loyiha moliyalashtirilgan. Joriy yilda ham bank tomonidan istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasida ishlar olib borilmoqda. 

Bank axborot xizmati.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi