Bozorda kim ko‘p, tadbirkor ko‘p. Ammo bilasiz, dehqon bozorlari haftaning yetti kunida ham ishlashi sababli u yerdagi tadbirkorlarning bankka borish, hisobraqamlarini yuritish va boshqa bank xizmatlari bilan bog‘liq ishlarni bajarishga vaqti yetmasligi mumkin. Ana shu omillarni inobatga olgan holda Xalq banki xalq orasiga yanada yaqinlashib bormoqda.
Xalq bankining Nukus shahar Amaliyot bo‘limi tomonidan tadbirkorlar va aholiga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Nukus dehqon bozorida “Bank xizmatlari markazi” ochildi.
Yangidan tashkil etilgan mazkur markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik karta ochish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
Markaz birgina bozor hududidagi tadbirkorlarning emas, balki hudud aholisining ham bank xizmatlariga bo‘lgan turli talabini qondirishga xizmat qiladi.
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
Nukus dehqon bozorida “Bank xizmatlari markazi” ochildi