Xalq banki tomonidan yaratilgan zamonaviy qulaylikdan endi Nukus shahri aholisi va mehmonlari ham bahramand bo‘lishadi. Chunki navbatdagi “Bank xizmatlari markazi” Orolbo‘yi mintaqasining qoq markazida faoliyat boshladi.
Nukus filiali tomonidan tashkil etilgan ushbu markazda yuridik va jismoniy shaxslarga bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik karta ochish, kommunal va to‘lovlarni qabul qilish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
Qolaversa, bu yerga zamonaviy bankomatlar ham o‘rnatilgan bo‘lib, mijozlarga interaktiv mobil bank xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Shuningdek, zaruriy maslahatlar ham berib boriladi. Muhimi, yangi markaz aholi uchun qulay manzilda joylashgan.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Nukus markazida yangi “markaz”. Bu yerda barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatiladi