Respublikamizdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, savdo va servis sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ATB “ Qishloq qurilish bank”ning kredit mablag‘lari hisobiga “Alisher Sultanbek Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Nukus shahri Yernazar Alako‘z ko‘chasi bo‘yidagi “MEGA NUKUS” savdo, ko‘ngilochar va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleks(gipermarket)i qurib bitkazildi.
Ushbu loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shu jumladan Nukus shahrida savdo va servis sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni namoyon etadi.
“MEGA NUKUS” savdo, ko‘ngilochar va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleks(gipermarket)i go‘zal va navqiron Nukus shahrining markaziy ko‘chalarida bunyod etilib , O‘zbekiston Respublikasining eng qo‘li gul ustalari xizmatidan hamda xorijning eng yetakchi kompaniyalarining uskuna va texnologiyalaridan foydalanilgan.
Qurilish hozirgi zamon talablarida murakkab texnologik jarayonlarda olib borilib jahon talablari standartlariga to‘liq javob beradi.
Loyihaning umumiy qiymati qariyb 66,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, qurilishga ATB “Qishloq qurilish bank”ning qariyb 50,0 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari sarflandi.
“MEGA NUKUS” savdo, ko‘ngilochar va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleks(gipermarket)i qariyb besh qavatdan iborat bo‘lib, 200 ta savdo va servis shaxobchalari, umumiy ovqatlanish shahobchalari, umumiy ovqatlanish shahobchalari hamda bolalar ko‘ngilochar attraksionlar joylashtirilgan.
Loyiha ishga tushushi bilan kompleksda 250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Ushbu kompleksning tashkil qilinishi Respublikamizda yuritilayotgan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, aholiga sifatli servis va maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish davlat siyosatining namoyondasi hisoblanadi.
30.10.2024
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi
25.10.2024
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi
24.10.2024
Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar
Nukus shahrida yangi savdo markazi ochildi