Ochiq aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Qoraqalpog'iston Respublikasi filialining zamonaviy shart-sharoitlarga va mijozlar uchun barcha qulayliklarga ega, shinam va ko'rkam yangi binosi qisqa fursatlarda qurib bitkazilib, foydalanishga toshirildi. Ushbu ulug'vor bino o'zining zamonaviy muhandislik yechimga ega ekanligi, Qoraqalpog'iston Respublikasining eng ko'rkam va chiroyli qismida qad ko'targanligi, shahar arxitektura qiyofasi va infrastrukturasiga mos tushganligi bilan barchaning birdek havasini tortishi shubhasiz.
1996 yil may oyida OAT “Aloqabank”ning birinchi filiali aynan Qoraqalpog'iston Respublikasida ochilganligi, mana 17 yildirki qoraqalpoq xalqi va tadbirkorlariga zamonaviy bank xizmatlari ko'rsatib kelinayotganligi ham alohida e'tiborga molik.
OAT “Aloqabank” Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali jamoasi ushbu yangi binoda mijozlarga zamonaviy va sifatli bank xizmatlarini ko'rsatib, ular bilan hamkorlikda xalqimiz farovonligi yo'lida xayrli va ezgu ishlarni amalga oshirishlariga ishonch bildiramiz.
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
Nukusda bankning yangi binosi qad ko'tardi