JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

O'zbekiston aholisiga Hamkor Mobile ilovasi orqali Яндекс.Деньги elektron hamyonini mablag’ bilan to’ldirish imkoniyati yaratildi

Endi Hamkor Mobile ilovasi foydalanuvchilari Яндекс.Деньги elektron hamyonini to'g'ridan-to'g'ri mablag’ bilan to'ldirishlari mumkin. Yangi imkoniyatdan nafaqat Hamkorbank mijozlari, balki boshqa bank mijozlari ham foydalanishlari mumkin. Undan tashqari, barcha Hamkorbank ofislarida Яндекс.Деньги hamyonini identifikatsiya qilish mumkin.

 

Hamyonni mablag’ bilan to'ldirish

 

Mijozlar Яндекс.Деньги hamyonini istalgan bankning Uzcard to'lov tizimining kartalari orqali to'ldirishlari mumkin. Buning uchun Hamkor Mobile ilovasini yuklab, plastik karta yordamida ro'yxatdan o'tish kifoya.

 

To'ldirishda, milliy valyutadagi kartadan mablag'lar yechib olinadi va darhol foydalanuvchining hamyoniga Rossiya rublida kiritiladi. Mablag’ konversiyasi to'ldirish sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo'yicha amalga oshiriladi. Hamyonni to'ldirish uchun komissiya summadan 3 foizini tashkil qiladi. Bank umumiy va to’ldirish uchun komissiyasi qo’shilgan summani oldindan ko'rsatadi. Hamkor Mobile ilovasi orqali hamyonni bir vaqtning o'zida 300 ming rublgacha (taxminan 44 million so'm) to'ldirishingiz mumkin, hisobingizda 500 ming rublgacha (74 million so'm) saqlashingiz mumkin. Hamyonni to'ldirish uchun identifikatsiyadan o'tishingiz kerak bo’ladi.

 

Identifikatsiya xizmati

 

Electron hamyonni 43 filial va 130 dan ortiq "Hamkorbank" mini-banklarida identifikatsiyadan o’tkazish mumkin. Identifikatsiya xizmatining narxi 25 ming so'mga teng, identifikatsiyadan o'tish uchun pasport kerak bo'ladi. Hamyoni indentifikatsiya bo'lgan foydalanuvchilar hamyonning barcha funksiyasidan, shu jumladan dunyo bo'ylab to'lovlar, boshqa hamyonlarga pul o'tkazmalari, plastik kartalar va bank hisob varaqlariga mablag’ o’tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, 2019 yil 22 oktyabrda qabul qilingan "Valyutani tartibga solish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga binoan, fuqarolar boshqa davlatlarda chet el valyutasidagi hisob raqamlarini ochishlari mumkin - Яндекс.Деньги identifikatsiyadan so’ng ushbu imkoniyatlar paydo bo'ladi. Rossiya rubliga qo'shimcha ravishda 10 xil valyutada, shu jumladan dollar, yevro va boshqa valyutalarda hisob raqamlarini ochishi mumkin.

 

 

Яндекс.Деньги haqida

 

Яндекс.Деньги - bu elektron to'lovlar tizimi bo'lib, foydalanuvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to'lash, pul o'tkazish va qabul qilishda yordam beradi. Tizim foydalanuvchilari elektron hamyonlarni yaratish, shuningdek hamyon balansiga bog'langan virtual yoki plastik kartalarni chiqarishlari mumkin. Яндекс.Деньги elektron hamyoni foydalanuvchilar soni bo'yicha etakchilardan biri hisoblanadi. O'tgan yili rossiyalik Internet foydalanuvchilarining 33% Яндекс.Деньги hamyoni orqali to’lovlar amalga oshirgan, bu yil esa ularning soni 48,5% foizga etdi.


Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi