O’zbekiston banklari MDHdagi yirik banklar ro’yxatiga kirdi

02.10.2015


O’zbekistonning to’qqizta banki "RIA Reyting" agentligi e'lon qilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining 200 ta yirik banki yillik reytingiga kirdi.

Reyting ochiq manbalar - oshkor moliyaviy hisob-kitoblarga asoslanadi. MDH davlatlarida mavjud 1100 ta bankdan 10 ta mamlakat: O’zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya (2009 yili MDHdan chiqib ketdi), Qozog’iston, Moldova, Rossiya, Turkmaniston va Ukrainaning 200 ta yirik banki ushbu ro’yxatga kirdi.

O’zbekiston banklari o’rtasida reytingdagi birinchi o’rinni Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (umumiy reytingdagi o’rni - 43, 1 yanvar holatiga ko’ra aktivlari - 5,3 mlrd. dollar, ya'ni mamlakat bank tizimi kapitalining 22,8 foizi), ikkinchi o’rinni O’zsanoatqurilishbank (61, 3,23 mlrd. dollar, 13,9 foiz), uchinchi o’rinni "Asaka" banki (86, 2,17 mlrd. dollar, 9,3 foiz) egalladi.

To’rtinchi o’rinni "Qishloq qurilish bank" (122-o’rin, 1,41 mlrd, 6,1 foiz), beshinchi o’rinni "Ipoteka-bank" (126-o’rin, 1,35 mlrd, 5,8 foiz), oltinchi o’rinni Xalq banki (133-o’rin, 1,23 mlrd, 5,3 foiz), yettinchi o’rinni "Agrobank" (136-o’rin, 1,18 mlrd, 5,1 foiz), sakkizinchi o’rinni "KDB bank O’zbekiston" (162-o’rin, 870 mln, 3,8 foiz) va to’qqizinchi o’rinni "Hamkorbank" (191-o’rin, 720 mln, 3,1 foiz) band etdi.

"RIA Reyting" ekspertlari bahosiga binoan, MDH dagi 200 ta yirik bankning jami aktivlari 1 yanvar holatiga ko’ra 1,47 trln. dollar bo’ldi va bir yil oldingi TOP-200 aktivlaridan 355 mlrd. dollar yoki 19,5 foiz kamdir.

www.gazeta.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi