O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi

13.08.2025

NBU kichik va o‘rta biznes uchun qulay moliyaviy muhit yaratishni davom etmoqda. Imtiyozli kreditlash dasturlariga kiritilgan o‘zgarishlar bank mijozlariga yanada qulay shartlarda moliyaviy yordam olish imkonini beradi.

Asosiy o‘zgarishlar:

 1. Overdraft — maksimal miqdor ikki barobarga oshirilib, 1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ushbu mablag‘ ish haqi to‘lovlari, soliqlar yoki yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar kabi zudlik bilan moliyalashtirishni talab qiluvchi ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan. Foizlar faqat ishlatilgan summaga hisoblanadi.

 2. “Tezkor” krediti (maqsadsiz naqd kredit) — maksimal miqdor 1,5 mlrd so‘mgacha oshirildi. Bu kredit mahsulot xaridi, reklama, binoni ta’mirlash kabi joriy ehtiyojlarni qoplash uchun mos. Kredit muddati — 18 oygacha.

Shuningdek, quyidagi maqsadli dasturlar bo‘yicha ham limitlar oshirildi:

• Avtokredit — yengil avtomobillar parkini yangilash uchun 3,5 mlrd so‘mgacha. Dastlabki to‘lov — 30% dan boshlab.

• "Taraqqiyot" krediti — biznesni rivojlantirish uchun asosiy vositalar xaridiga 3,5 mlrd so‘mgacha.

• "Yuksalish" krediti — aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 3,5 mlrd so‘mgacha.

Yangilangan shartlar asosida kompaniyalar tezroq kengayishi va rivojlanish hamda yangilanishga ishonch bilan investitsiya kiritishi mumkin.

Batafsil ma’lumot va onlayn ariza — " Kreditlar" bo'limida yoki bank filiallarida.

Barcha takliflar
Mikroqarz
Bank.uz da Mikroqarz

43ta bankdan 247ta noyob taklif.

Bo'limga o'tish
O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


O'xshash yangiliklar
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi



Bank mahsulotlari Kreditlar13
Orphus tizimi