O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi 2021-yil 24-aprel kuni soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIGʻILISH KUN TARTIBI:
- “Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash”;
- “Deloitte" auditorlik kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilish va majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida”.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: Bank Kuzatuv kengashi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 31-mart.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2020-yil 20-aprel.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefonlar: 78-120-17-87; 78-120-17-86.
Bank Kuzatuv kengashi
13.04.2026
Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi
07.04.2026
Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi
26.03.2026
Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!