JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to'g'risidagi yo'riqnomaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

25.09.2015


«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi va 2015 yil 20 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to'g'risidagi yo'riqnomaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritdi.

 Ilgari tijorat banki milliy valyutada vakillik hisobvarag'i ochish uchun taqdim qilishi lozim bo'lgan statistika organlari tomonidan berilgan Korxona va tashkilotning yagona davlat ro'yxatiga kiritilganligi to'g'risida guvohnoma nusxasi endilikda topshirilmaydi.

Xujjatda belgilanishicha, banklar tomonidan ushbu Yo'riqnomada ko'zda tutilgan hujjatlardan boshqa qo'shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Ilgari esa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qo'shimcha xujjatlar talab etilgan.

Qarorda shuningdek, tadbirkorlik faoliyati sub'ekti bo'lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Byudjetdan mablag' oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka davlat soliq organlarida hisobga qo'yilganligini tasdiqlovchi qo'shimcha hujjat taqdim qilinishi zarurligi belgilab qo'yildi.

Rahbar shaxslarga vaqtincha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek, rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha o'zgarganda, vaqtincha vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qo'yilib, amal qilish muddati ko'rsatilgan qo'shimcha varaqcha taqdim qilinadi. Ushbu vaqtinchalik varaqcha rahbar tomonidan muhr mavjud bo'lgan taqdirda imzolanadi va muhrlanadi.

 

 

  www.UzReport.uz

  


BRB
O'xshash yangiliklar
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi



Orphus tizimi