JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida

23.03.2018


Eksport faoliyatini amalga oshirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga:

- O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar (ish, xizmat)larni norezidentlar tomonidan valyuta mablag‘larini tijorat banklari kassalariga kirim qilinishi asosida naqd chet el valyutasiga eksport qilish;

- xorijda o‘tkazilgan ko‘rgazma va yarmarkalarda tovarlarni sotishdan olingan naqd chet el valyutalarini O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat banklari kassalariga kirim qilish huquqlari berildi.

Bundan tashqari, endilikda tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lovlarni AQSh dollari, ingliz funt sterlingi, yevro, shveytsariya franki, yapon iyenasidan tashqari tijorat banklari o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqa valyutalarni ham qabul qilishlari mumkinligi belgilandi.

Respublika aholisiga yaratilgan qulayliklardan yana biri tijorat banklari kassalariga naqd chet el valyutasini qabul qilishda:

- jismoniy shaxs-norezident tomonidan nakd xorijiy valyutani chetdan olib kelganini tasdiqlovchi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi
yoki jismoniy shaxs-norezidentning hisobvarag‘idan naqd xorijiy valyutani yechib olinganligi to‘g‘risidagi tijorat banki ma’lumotnomasi;

- ustav fondiga (ustav sarmoyasiga) badal uchun naqd chet el valyutasi qabul qilinganda ta’sis hujjatlarini bankka taqdim qilinishi bekor qilindi.

Manba:www.cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
So'm kursi o'zgarishsiz qolmoqda

19.12.2025

So'm kursi o'zgarishsiz qolmoqda

So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda

11.12.2025

So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda

Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi

11.12.2025

Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi



Orphus tizimi