Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarining borishi, yirik loyhalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 21-22 may kunlari Andijon viloyatida bo’ldi.
Tashrif doirasida ko’plab tashkilotlar, moliya muassasalari viloyatda amaliyotga joriy etishi ko’zda tutilgan yangi loyihalarining taqdimoti ham bo’lib o’tdi. «Asaka» bank Boshqaruv Raisi bu haqida OAV ga batafsil ma’lumot berdi.
Yangi loyiha hozirda 800 ga yaqin odam faoliyat yuritayotgan «Asaka Textile» korxonasi bilan bog’liq bo’lib, uning ishga tushishi qo’shimcha 1600 ta yangi ish o’rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.
«Asaka Textile» faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha doirasida dunyoning eng ilg’or davlatlaridan ip yigirish, sochiq to’qish, gul bosish, bo’yash, matoni g’altaklab yelimlash uskunalari, tikuv asboblari olib kelish mo’ljallangan.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar to’liq eksportga yo’naltiriladi.
Bank «Asaka Textile» ga mazkur loyhani amaliyotga joriy etish uchun 26 mln 840 ming yevro ajratadi.
«Asaka» bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 21-22 may kunlari Andijon viloyatida bo’ldi.