2019 yil 5 noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF–5296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon banki ko‘magida ilg‘or xorijiy tajriba, umume’tirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu Qonun bank faoliyatiga ruxsat berish shartlari va respublika hududida ushbu faoliyatni amalga oshirish borasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklarni prudensial nazorat talablari, qo‘llanadigan vosita va tartib-taomillarni belgilash borasidagi vakolatlari tartibga solinmoqda.
Qonun bilan moliyaviy operatsiyalar ro‘yxati mol-mulk va aktivlarni ishonchli boshqarish, affinlangan qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish, hosilaviy moliya vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, metall hisobvaraqlarini yuritish kabi ilgari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan yangi xizmat turlari bilan kengaytirilmoqda.
Qonun bilan banklarga ayrim xizmat va operatsiyalar turlarini autsorsingga topshirish huquqi berilmoqda.
Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni jalb etiladigan mablag‘lar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot ekanligini inobatga olib, Qonun bilan bank ta’sischilarining ishbilarmonlik obro‘-e’tibori va avvalgi faoliyati natijadorligiga nisbatan talablar o‘rnatilmoqda.
Banklarning ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvining vazifa va vakolatlari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, Qonun banklar faoliyatining yanada ochiqligini, bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish orqali bank xizmatlari ist’emolchilari huquqlarini va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.
Umuman olganda, ushbu Qonun omonatchilarning hamda bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda banklarning barqarorligi va ular o‘rtasidagi samarador raqobatni yaratishga xizmat qiladi.
Manba:www.cbu.uz
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi