JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-55-sonli Qarori imzolandi

21.12.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-55-sonli Qarori imzolandi

Xabaringiz bor, kuni kecha 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-55-sonli Qarori imzolandi.

Xo‘sh, ushbu hujjatda aholi va fuqarolar  uchun qanday qulayliklar nazarda tutilgan?

2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:

-  imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

-  oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga – 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

-  chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

-     bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

-   kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;

- chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;
- kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;

- yagona elektron platforma orqali aholiga o‘zini o‘zi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;

-  dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorligi to‘liq so‘ndirilmagan, shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi.

Ushbu qarorning 3-ilovasiga muvofiq:
- tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda;

- hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda;

-  tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik sub’yektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million so‘mdan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan berilgan tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari qabul qilingan ijobiy qarori asosida kreditlar ajratiladi.

Agrobank Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Manba: Agrobank
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi