JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli valyuta omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

16.10.2015


«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi va 2015 yil 20 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq Markaziy banki Boshqaruvi O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritdi.

 Unga ko'ra, mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo'yicha unga xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o'rtasidagi nizolar ular o'rtasida tuzilgan bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O'zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, masalalar sud orqali hal etiladi.

 Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:

- yuridik shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchada ko'rsatilgan namunaga muvofiq bo'lganda, yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib dehqon xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzo va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchada ko'rsatilgan namunaga muvofiq bo'lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.

Bunda mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchasida dumaloq muhr izi qo'yilmagan bo'lsa, hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilinadi.

Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchaga imzo qo'ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko'chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar bandiga kiritligan qo'shimchaga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo'yilgan O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag'lari va ular bo'yicha hisoblangan foizlari o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega deb belgilandi.

 

www.uzreport.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

22.04.2025

Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

21.04.2025

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

17.04.2025

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi



Orphus tizimi