2018 yil 20 iyun kuni obligatsiyalar bo’yicha amaliyotlar boshlanishini bo'yicha rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) vitse-prezidenti Dzhingdong Hua, London fond birjasini bosh ijrochi direktori Nihil Rati, Velikobritaniya Tashqi Ishlar vazirligidagi London siti ishlari bo’yicha ma’sul vazir Djon Glen, xalqaro investorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O’zbekiston tomonidan Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi va O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijrochi direktori Sh.Vafayev, O’zbekistoning Buyuk Britaniyadagi elchisi A. Shayhov va “Hamkorbank” ATB Boshqaruv raisi J.Xasanovlar ishtirok etdilar.
Eslatib o’tamiz, Jahon Banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki, O'zbekistonda mikro va kichik biznesni kreditlashni kengaytirish maqsadida 80 milliard so'mlik, ya`ni – 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi o'zining inauguratsion obligatsiyasini chiqardi. Bu xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan O'zbekistondagi dastlabki bitimdir.
“Samarqand”, deb nomlangan obligatsiya London fond birjasiga joylashtirildi. Ikki yillik obligatsiya rivojlanayotgan bozorlar uchun mo'ljallangan aktivlarni boshqarish bo'yicha Yevropa fondlari bilan birga joylashtirildi, mazkur bitim tashkilotchisi sifatida ING Bank ishtirok etdi.
Obligatsiyani realizatsiya qilishdan tushadigan daromadlar O'zbekistonda yetakchi banklardan biri bo'lgan «Hamkorbank» ATBni qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi, bu esa bankni milliy valyutada uzoq muddatli moliyalashtirish salohiyatini oshiradi, natijada kichik biznes sub`yektlarini xorijiy valyutada qarz olish bilan bog'liq tavakkalchiliklarning oldini olishga imkoniyat beradi.
Bu xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan O'zbekistondagi dastlabki bitimdir.
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
O'zbekiston tarixida birinchi marta Hamkorbank va IFC London fond birjasida obligatsiya joylashtirishdi