Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Batafsil

O‘zbekistonda birinchi HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarildi

22.06.2021
Bunday kartani hozircha faqat “Asaka” Bank va “Anor Bank” da ochish mumkin bo‘lsada, tez orada bunday xizmat HUMO to‘lov tizimining a’zo bankida mavjud bo‘ladi.

Friends and family formatida sinovdan o‘tkazilganidan so‘ng, O‘zbekistonda HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarila boshlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.


“Kobeydjing kartasi o‘z foydalanuvchilari uchun bir qator afzalliklarga ega. Moliyaviy operatsiyalar geografiyasi kengayadi — kobeydjing kartasi Mastercard qabul qilinadigan 210 dan ortiq mamlakatda amal qiladi.

— O‘z navbatida, men ushbu kartaning bo‘lajak egalarini xavfsizlik bilan bog‘liq barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga va hech qanday holatda firibgarlarning qurboniga aylanmaslik uchun karta fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikka chaqiraman", — dedi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

 — Bunday kartaga nafaqat Rossiya Federatsiyasidan, balki dunyoning boshqa mamlakatlaridan pul o‘tkazmalarini darhol olish imkoniyati karta egalarini bank filiallariga qo‘shimcha tarzda tashrif buyurish ehtiyojidan xalos qiladi", — deya izohlaydi Mastercard Markaziy Osiyodagi bosh direktori Rafal Trepka.

Bunday karta egalari nafaqat POS terminallarida, balki dunyodagi barcha internet-do‘konlarida ham O‘zbekistonda va mamlakat tashqarisida xaridlarni amalga oshirishi va, albatta, Mastercard logotipi bo‘lgan bankomatlardan pul yechishlari mumkin.

HUMO- Mastercard kartasi Mastercard debet kartasi asosida an’anaviy plastik va virtual, keyinchalik raqamli karta shaklida chiqariladi. Xizmat tariflari va qo‘shimcha funksiyalarni bunday kartani chiqaradigan bank belgilaydi.


Eslatib o‘tamiz, 2019-yil dekabr oyida MBPM Mastercard bilan birgalikda HUMO tizimida xalqaro Mastercard kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi.

Joriy yilning 1-fevralidan boshlab, O‘zbekistonda chiqarilgan Mastercard kartalaridagi HUMO tarmog‘ida ilgari 1,5 foizni tashkil etgan mijozlar komissiyasi bekor qilindi.

Manba: Spot
O'xshash yangiliklar
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda



Orphus tizimi